"Panserraykos" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Masharipovdan bitta assist
Gretsiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan "Atramitos" - "Panserraykos" uchrashuvi 1:1 hisobi bilan tugadi.
Dastlab, 40-daqiqada Chatzitsravos hisobni ochdi. Ushbu golga Masharipov assistenlik qildi. 90+4 daqiqada Karol imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Panserraykos" 8-o‘ringa tushib ketdi. "Atramitos 10-pog‘onaga joylashdi.
Fikrlar