
Para engil atletika: Sportchimiz Tunis Gran-Prisidagi ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi
Bugun para engil atletika bo‘yicha Tunis Gran-Prisining navbatdagi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Biz uchun quvonarlisi, erkaklar o‘rtasida T46/47 klassida uzunlikka sakrash bahslarida hamyurtimiz Omadbek Hasanov 6,51 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bu Omadbekning ushbu musobaqadagi ikkinchi medali bo‘ldi. U kecha balandlikka sakrash yo‘nalishida ham kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Hozircha delegatsiyamiz hisobida 3 ta kumush medali mavjud.
Fikrlar