
Para kamondan otish bo‘yicha mamlakat chempionati o‘z yakuniga etdi
8-11 iyun kunlari Respublika Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kollejida kamondan otish va para kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning tantanali yopilish marosimida Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Milliy Gvardiya qo‘mondonligi hamda O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
Respublikamizning turli xududlaridan 20 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar ishtirok etgan murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, quyidagi sportchilar g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi:
Start bahslarida
Erkaklar
1-o‘rin U.Imomqulov
2-o‘rin A.Qirg‘izboev
3-o‘rin J.Yusupov
Ayollar
1-o‘rin N.Abdullaeva
2-o‘rin O.Mansurova
3-o‘rin H.Axmedova
Olimpiya bahslarida
Erkaklar
1-o‘rin U.Imomqulov
2-o‘rin A.Qirg‘izboev
3-o‘rin A.Utambaev
Ayollar
1-o‘rin N.Abdullaeva
2-o‘rin Sh.To‘raeva
3-o‘rin H.Tursunqulova
Miks bahslarida
1-o‘rin U.Imomqulov, N.Abdullaeva
2-o‘rin A.Qirg‘izboev, O.Mansurova
3-o‘rin T.No‘monjonov, H.Tursunqulova
Yakunda sovrinli o‘rinlarni egallagan sportchilar tashkilotchilar tomonidan medal, maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



















Fikrlar