
Para kanoe. Ikkala sportchimiz ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
Kanadaning Galifaks shahrida davom etayotgan para kanoe bo‘yicha jahon chempionatining dastlabki kuni hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Jumladan, ayollar o‘rtasida VL3 klassida yarim finalda ishtirok etgan Muxlisa Eshmirzaeva 01:08,91 daqiqa vaqt bilan marraga birinchi bo‘lib etib keldi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida KL3 klassida yarim finalda qatnashgan Hasan Qo‘ldoshev esa 43,78 soniya natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va u ham finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ushbu sportchilarimiz ishtirokidagi final bahsi 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:44 da boshlanadi.
Fikrlar