
Para shaxmatchilarimiz IBSA Jahon o‘yinlarida 3 ta medal qo‘lga kiritishdi
Birmingem mezbonligida o‘tayotgan IBSA Jahon o‘yinlarida para shaxmat bahslari yakunlandi.
E’tiborlisi, erkaklar o‘rtasida yakkalik bellashuvlarida qatnashgan hamyurtimiz Axadxon Kimsanboev kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda Axadxon Kimsanboev hamda Ilhom G‘ulomov juftligi yakunda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa para shaxmatchilarimiz musobaqani 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi.
Fikrlar