
Para suzuvchilarimiz jahon chempionatida qatnashish uchun Londonga uchib ketishdi
Joriy yilning 9-15 sentyabr kunlari London shahrida para suzish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etadi. Ta’kidlash kerakki, ushbu jahon chempionati kelgusi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beradi.
Para suzuvchilarimiz o‘tgan oy jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Belorusiyaning Brest shaxrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazib qaytishgani haqida xabar bergan edik. Ushbu 1 oylik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida terma jamoamiz a’zolari xorijlik raqiblari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Londondagi musobaqaga quyidagi para suzuvchilarimiz yo‘l olishdi:
- Shoxsanam Toshpo‘latova
- Muzaffar Tursunxo‘jaev
- Nigora Mirzoxidova
- Firdavs Musabekov
- Kiril Pankov
- Dmitri Xorlin
- Islom Aslanov.
Sportchilarimizga o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani munosib bajarishlarida omad tilab qolamiz.
Fikrlar