Para taekvondo: Evropa ochiq chempionatida oltin va kumush medallar qo‘lga kiritildi

  • 22 may, 2022, 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Angliyaning Manchester shahrida para taekvondo bo‘yicha Evropa ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Quvonarlisi, ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova Turkiya, Serbiya va Ispaniya vakillarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida Turkiya, Serbiya va Buyuk Britaniya vakillariga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz Asadbek Toshtemirov yakunda delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni yozdirib qo‘yishga erishdi.

Ta’kidlash lozimki, Guljanoy ushbu g‘alabadan so‘ng Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 20 reyting ochkosini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Asadbek 15 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!