
Para taekvondo: Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolari va Para Osiyo o‘yinlariga 6 ta yo‘llanma qo‘lga kiritildi
Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida para taekvondo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolari beruvchi saralash musobaqasi o‘z yakuniga etdi.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan turnir O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Qudratullo Shonazarov bronza, -63 kg vazn toifasida Qudrat Haydarov oltin, +65 kg vazg toifasida Asad Anvarov kumush, -70 kg vazn toifasida Javohir Aliqulov oltin, Asilbek Xusanov kumush, -80 kg vazn toifasida Qudrat Muhammadiev bronza medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida Farida Xabibullaeva yana bir bronzani delegatsiyamiz hisobiga qo‘shtirib qo‘ydi.
E’tiborlisi, qit’amizning 20 dan ziyod davlati ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada vakillarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan 6 nafar para taekvondochimiz Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritishdan tashqari, Xanchjouda bo‘lib o‘tadigan Para Osiyo o‘yinlariga ham yo‘llanmani naqd qilib qo‘ydi.
Para taekvondochilarimizni ushbu natija bilan tabriklab, g‘alabalar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.
Fikrlar