Paralimpiya. Matonatli sportchilarimiz Tunisdan 14 ta medal bilan qaytishdi

  • 10 fevral, 2023, 14:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

6-8 fevral kunlari Tunisda para engil atletika bo‘yicha xalqaro Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining muhim reyting ochkolarini taqdim etgan ushbu nufuzli musobaqada vakillarimiz 6 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza, jami 14 medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida Tunis va Iroqdan keyin 3-o‘rinni egalladi.

Murosasiz bahslarda matonatli va irodali para engil atletikachilarimizdan Jasur Xodjaev, Mansur Abdurashidov, Omadbek Xasanov, Dilnoza Mirahmatova, Qudratulloxon Marufxo‘jaev, Jamoliddin Akobirov, Elbek Sultonov, Temurbek Giyazov, Mahliyo Akromova, Sarvar Azimov kabi sportchilarimiz g‘olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!