"Parij-2024". Sportchilarimizning bugungi ishtiroki va qayd etgan natijalari bilan tanishing!

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yana bir necha daqiqalardan keyin 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Bugundan boshlab esa deyarli barcha sport turlaridan bellashuvlar start oladi. Biz esa musobaqa yakuniga qadar har kuni bahslarga kirishadigan sportchilarimiz haqida batafsil ma’lumot berib boramiz. 

Tecno

Quyida vakillarimizning natijalaridan onlayn xabardor bo‘lishingiz mumkin. 

Sport gimnastikasi bo‘yicha vakillarimiz Abdulloh AzimovHabibullo Ergashev va Rasuljon Abdurahmonov o‘z chiqishlarini namoyish etdi. 

Boks bo‘yicha -54 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Nigina O‘ktamova keyingi bosqichga yo‘l oldi, sababi raqibi jang qilishdan bosh tortdi.

Velosport bo‘yicha tajribali vakilimiz Olga Zabelinskaya 32.4 km masofaga kechgan bahsda 43:53.51 daqiqa natija ko‘rsatdi. Yakunda bu 23-ko‘rsatkich bo‘ldi. Endi u 4-avgust kuni guruh poygasi dasturida Yanina Kuskova bilan medallar uchun kurashadi.

Suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida hamyurtimiz Iliya Sibirtsev 400 metrlik masofadagi bahsda uchinchi bo‘lib marraga etib keldi va afsuski bu natija ham keyingi bosqichga etarli bo‘lmadi.

Suzish bo‘yicha 400 metrlik masofada hamyurtimiz Anastasiya Zelenskaya marraga uchinchi bo‘lib etib keldi va bu natijasi ham keyingi bosqich uchun etarli bo‘lmadi.

Akademik eshkak eshish borasida vakilimiz Anna Prakaten uchinchi guruhda ikkinichi o‘rin bilan marraga etrib keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Vakillarmiz orasida birinchi bo‘lib ishtirokini boshlayotgan dzyudochimiz Halima Qurbonova -48 kg vazn toifasida Ozarbayjonlik Leyla Alievaga qarshi tatamiga chiqdi va yuko bahosi bilan g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Chorak finalda afsuski, shvetsiyalik raqibiga ippon bahosi bilan mag‘lub bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida Doston Ro‘ziev ukrainalik Dilshod Xolmatovga "golden score"da imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

 

Bugun ishtirok etadigan sporchilarimiz bilan tanishing!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!