
Parijga boramiz, Parijga! O‘zbekiston qiyin o‘tgan bellashuvda ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Indoneziya - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
68-daqiqada Husayn Norchaev hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqada raqib futbolchisi Pratama Arxan o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shuningdek, 84-daqiqada Rizki Ramadani Jasur Jaloliddinovga nisbatan ishlatilgan fol uchun qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari Osiyo kubogi finali va Parijga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
- Osiyo - OFK U23 Osiyo kubogi
- Yarim finallar

Indoneziya
Tugadi
0
:
2
29.04.2024 19:00

O'zbekiston
- H. Norchaev 68'
- Pratama Arhan 86'
Fikrlar