"Paxtakor" akademiyasi CIES tomonidan eng yaxshi 100 akademiya qatorida e’tirof etildi

  • 23.10.2025 16:45
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) eng yaxshi futbol akademiyalari reytingini e’lon qildi. Reyting uchun tayyorgarlik ko‘rgan futbolchilar soni, ular ishtirok etayotgan klublar darajasi, rasmiy o‘yinlarda o‘tkazgan vaqtini hisobga oladigan indeksdan foydalaniladi. Reytingda jami 49 ligadan 100 klub akademiyasi o‘rin olgan.

E’tiborli jihati ,"Paxtakor" akademiyamiz unda 90-pog‘onadan o‘rin oldi. Tarbiyalanuvchilaridan 57 nafari rasmiy o‘yinlarda jami 1899 daqiqa maydonda harakat qilgan. Tayyorgarlik indeksi esa 34,1 ballni tashkil qilgan.

"Paxtakor" bu reytingga kirgan O‘zbekistonning yagona klubi bo‘ldi. MDH klublaridan Ukrainaning ikkita klubi - "Dinamo Kiev" va "Shaxtyor", Rossiyaning "Lokomotiv" jamoalari mavjud.

Eng yaxshi 10 akademiya sifatida "Benfika", "Barselona", "River Pleyt", "Ayaks", "Boka Xuniors", "Sporting", "Dinamo Zagreb", "Defensor", "Real" va "Veles Sarsfild" akademiyalari qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!