"Paxtakor" bugun BAAga yo‘l oladi. Xyuistra 24 futbolchini OChL bahslariga jalb etdi (ro‘yxat)

  • 10 aprel, 2021, 13:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" Chempionlar Ligasi guruh o‘yinlarini o‘tkazish uchun shanba kuni BAAning Sharja amirligiga jo‘nab ketadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Jamoa tush vaqtidan so‘ng Sharjaga parvoz qilishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy Piter Xyuistra 24 nafar futbolchini safar ro‘yxatiga kiritdi. Quyida BAAga yo‘l oladiganlar ro‘yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar: Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov

Himoyachilar: Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Egor Krimets, Anzur Ismoilov, Marlen Chobanov, Shahzod Azmiddinov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Farruh Sayfiev.

Yarim himoyachilar: Sardor Sobirxo‘jaev, Abror Ismoilov, Sharof Muhiddinov, Sardor Rashidov, Aziz Turg‘unboev, Dragan Cheran, Humoyunmirzo Iminov, Diyor Xolmatov, Sherzod Temirov, Abbos Fayzullaev, Hojimat Erkinov.

Hujumchilar: Eren Derdiyok, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!