"Paxtakor" jamoasi ertadan mashg‘ulotlarga qaytadi

  • 4 yanvar, 2023, 17:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" 5 yanvar, payshanba kunidan Qibrayda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Dastlabki ikki kunda futbolchilar tibbiy tekshiruvdan o‘tib, mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi.

Keyinroq, oy o‘rtalarida yig‘in Turkiyada davom ettirilishi mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, "sherlar" yakunlangan mavsum Superligada 54 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. Afsuski, OChLda klub guruhdan chiqish masalasini hal eta olmadi.

 

Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!