
"Paxtakor" Jasur Yaxshiboevga omad tiladi
Jasur Yaxshiboev Polshaning "Legiya" jamoasiga ko‘chib o‘tgani haqida ma’lum qilgan edik.
"Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan yarim himoyachi o‘tgan mavsumni ijara asosida Belarus chempionatida o‘tkazgandi. Yangi chaqiruvni qabul qilgan iste’dolli futbolchiga "sherlar" omad tiladi:
"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev faoliyatini Polsha klubida davom ettiradi.
O‘tgan mavsum Belarus klublarida ijara asosida o‘ynagan Yaxshiboev Polshaning "Legiya" klubiga transfer qilindi. Hozirga qadar Jasur jamoamiz tarkibida chempionat o‘yinlarida 46 bahsda 3 gol muallifiga aylangandi. Unga yangi chempionat va klubida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Fikrlar