"Paxtakor" — "Mash'al": Statistikada to'liq ustunlik toshkentliklarda

  • 13.04.2026 12:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing navbatdagi turidan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Mash’al" bahsi oldidan jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari statistikasiга nazar tashlasak, ustunlik to‘liq mezbonlar tomonida.

Shu kunga qadar tomonlar 40 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ularning 29 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozoнgan bo‘lsa, "Mash’al" faqat 5 uchrashuvda zafar quchgan. Yana 6 bahs durang bilan yakunlangan.

To‘plar nisbati ham yaqqol "sherlar" foydasiga — 82:25. Eng yirik g‘alaba sifatida "Paxtakor"ning 5:0 hisobidagi ustunligi qayd etilgan. "Mash’al"ning eng yaxshi natijasi esa 3:0 hisobidagi g‘alaba bo‘lib qolmoqda.

E’tiborliси, muborakliklar "Paxtakor"ni so‘nggi marta 2017 yilda mag‘lubiyatga uchratgan edi. Bu esa bo‘lajak uchrashuvga yanada qiziqish uyg‘otadi.

Navbatdagi bahs "Paxtakor" stadionida soat 19:00'da start oladi. Ikki jamoa ham muhim ochkolar uchun maydonga tushishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!