
"Paxtakor" matbuot xizmati Germaniya va Turkiya klublarida va "Nasaf"da ishlagan murabbiylarni tanishtirdi
Ushbu mavsumda "Paxtakor" asosiy tarkibi murabbiylar shtabida faoliyat yuritadigan mutaxassislarni tanishtirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Shimoliy makedoniyalik bosh murabbiy Slavche Voyneskiga hamyurti Nikola Karchev (yordamchi), turkiyalik Dunyojon Chichekverdi (jismoniy tayyorgarlik) va Denis Ivankov (darvozabonlar murabbiyi) yordam beradi.
Karchev futbolchilik faoliyatidan keyin Germaniyaning "Byuvingxauzen" va Makedoniyaning "Kadino" klublarida ishlagan. Chichekverdi Turkiyaning "Genchlerbirligi", "Konyaspor", "Erzurumspor", "Denizlispor" klublarida faoliyat yuritgan. Ivankov esa bir yillik tanaffusdan so‘ng yana "Paxtakor"ga qaytdi. Avvalgi yilda ishlagan Yuriy Siyanov ham faoliyatini "Paxtakor"da davom ettirmoqda.
Fikrlar