
"Paxtakor" murabbiyi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Osiyo Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Sharja" - "Paxtakor" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda maydon egalari 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin "sherlar" bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘yin haqijagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Biz uchun yomon natija. Raqibdan bir futbolchi o‘yin taqdirini hal qildi. Kayo barcha ishni bajarib berdi. Endi keyingi bahs haqida o‘ylashimiz kerak. Guruhdagi holatimiz juda yomonlashdi. Endi faqat g‘alabalar bizga yordam berishi mumkin.
Yuqori saviyali futbolchilar ketishi ta’sir qiladi. Bellashuvni hal qiladigan o‘yinchilarning o‘rnini to‘ldirish qiyin. Bizda Masharipov yo‘q, endi yoshlarni o‘stirishga intilamiz. Ular shunday o‘yinlarda o‘sib borishadi. O‘z kuchimizga ishonib, navbatdagi bahsga tetik holda hozirlik ko‘rishimiz zarur.
Rashidovning holatini to‘liqroq endi bilib olamiz. Umid qilamanki, u hali bizga yordam beradi.
"Sharja" guruhda juda yaxshi holatda. Lekin jamoalar deyarli yaqin saviyada va hali barcha narsa o‘zgarib ketishi mumkin",-deya niderlandiyalik mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda "Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar
Бизга футбол бегонадур борган сари
Ўйинимиз ҳам вайронадур борган сари,
Шодон ютиб юрар эдик авваллари.
Энди умур Ғамхонадур борган сари
Толибдими ўйнамоқдан Анзур Кремис,
Зўр иқтидорлар йироқлашб секин, секин
Адоватлар ҳуфийонадур борган сари
Энди бизга Бокс Ошнадир борган сари.
Ey haromi uzbek musulmonlari,(musulmon deyishga arzimaysanlar ham) nimaga narh - navoni ayni ruza tutish vaqtida kutardilaring, haromho'r ifloslar. Olloh jazosiga duchor bulgin, boshlaring umringni ohirigacha farzand dog'idan chiqmasin iloyim. (gap egasini topsin).