
"Paxtakor" "Nasaf"ga qarshi o‘yinlarda katta ustunlikka ega. Qarshiliklar poytaxtdagi oxirgi 5 uchrashuvda faqat bir marta g‘alaba qozongan xolos
"Nasaf" Superliganing 2-turida amaldagi chempion "Paxtakor" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 8 mart kuni 17:15da start oladi. Qarshiliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 54 bor to‘qnash kelgan. 30 uchrashuvda poytaxtliklar, 11 o‘yinda esa "Nasaf" g‘alaba qozongan. 13 uchrashuvda durang kuzatilgan. To‘plar farqi: 79-48. Ustunlik "Paxtakor"da.
Jamoalar so‘nggi bor Toshkentda 2023 yil 3 noyabr kuni to‘qnash kelishgan va bellashuv durang bilan yakunlangan - 1:1.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Paxtakor” – “Nasaf” 4:0, “Nasaf” — “Paxtakor” 4:0.
E’tiboringizga, Toshkentda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
03.11.2023 y. | Paxtakor 1:1 Nasaf
02.10.2022 y. | Paxtakor 0:1 Nasaf
06.08.2021 y. | Paxtakor 1:0 Nasaf
21.08.2020 y. | Paxtakor 4:1 Nasaf
05.04.2019 y. | Paxtakor 2:1 Nasaf
Fikrlar