"Paxtakor" OChLdagi navbatdagi o‘yinini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

  • 9 iyul, 2020, 15:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 14 sentyabr kunidan davom etishini ma’lum qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, G‘arbiy mintaqada bellashuvlar markazlashgan formatda o‘tkaziladi. 14 va 17 sentyabr kunlari jamoamiz "Al Hilol" bilan ikki bellashuv o‘tkazadi. 20 sentyabrda "Shabab Al Ahli", 23 sentyabrda "Shahr Xodro"ga qarshi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. "Paxtakor" keyingi bosqichga chiqqan taqdirda nimchorak final 26 sentyabr, chorak final 30 sentyabr va yarim final bahsi 3 oktyabrda bo‘ladi. Final uchrashuvi 5 dekabr kuni G‘arbiy mintaqa vakili stadionida o‘tishi rejalashtirilgan. Mintaqamizda guruh bosqichi va pley-off bahslari markazlashgan holda qaerda bo‘lib o‘tishi hozircha ma’lum qilinmagan. Bunga asosiy da’vogar Qatar amirligi bo‘lib turibdi.

14 sentyabr, 3-tur

"Al Hilol" - "Paxtakor"

17 sentyabr, 4-tur

"Paxtakor" - "Al Hilol"

20 sentyabr, 5-tur

"Shabab Al Ahli" - "Paxtakor"

23 sentyabr, 6-tur

"Shahr Xodro" - "Paxtakor"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!