"Paxtakor" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ga hech qanday imkon qoldirmadi
Shota Arveladze murabbiyligi ostida harakat qilayotgan "Paxtakor" jamoasi o‘z maydonida "Qo‘qon-1912" klubini qabul qildi.
O‘yin boshidanoq hujumga otlangan mehmonlar 6 daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Biroq Filip Raevas tomonidan kiritilgan ushbu gol hisobga olinmadi. Offsayd!
19 daqiqada chap qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirgan Tiago Bezerra Murod Xolmuhammedovni chiroyli harakatlari bilan ortda qoldirdi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tekkan holda, Suxrob Nuruloevga borib tushdi. Vaziyatdan unumli foydalangan futbolchi “sherlar“ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim boshlarida "Paxtakor” vakillari burchak to‘pi ishlab oldi. Jamshid Iskanderov tomonidan jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pga Tiago Bezerra bosh bilan zarba berdi va hisobdagi ustunlikni mustahkamladi.

Fikrlar