"Paxtakor" qisqa muddat ichida ikkita "Markaziy Osiyo derbisi"ni o‘tkazadi! (Foto)

  • 11 iyul, 2023, 18:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga amaldagi chempioni "Paxtakor" ikkinchi davra startiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bir necha kun oldin "sherlar" Qibrayda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi.

“Paxtakor” 15 iyulga qadar mashg‘ulot o‘tkazib, 16 iyulda “Qizilqum” bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi va 18 iyul kuni “Qayrat” bilan javob uchrashuvini o‘tkazish uchun Olma-otaga uchib ketadi.

19 iyul sanasida "Qayrat" bilan "Markaziy Osiyo derbisi" bo‘lib o‘tadi. Oradan 4 kun o‘tib, yana bir derbi o‘tkaziladi. Unda Shatskix shogirdlari Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi bilan kuch sinashadi.   

paxtakor

 

Manba: O‘zPFL va "Paxtakor" klubi matbuot xizmatlari. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!