"Paxtakor" qiziqqan futbolchi APLga o‘tishi mumkin
Xabaringiz bor, oldinroq Toshkentning "Paxtakor" klubi Emmanuel Adebayorga qiziqayotgani borasida xabar bergandik.
Emmanuel Adebayor "Paxtakor"ga o‘tdi?! (Foto)
A Bola nashrining ma’lum qilishicha, Emmanuel Adebayorga Angliyaning "Aston Villa" klubi "ko‘z tikmoqda". Ushbu klub hujumchini yana APLga qaytarmoqchi. 35 yoshlik futboli oldinroq "Tottenxem", "Manchester Siti" va "Arsenal" klublarida faoliyat yuritgandi.
Emmanuel Adebayor hozirgi kunda erkin agent hisoblanadi. U yaqindagina Turkiyaning "Kayserispor" klubini erkin agent sifatida tark etgandi.

Fikrlar