
"Paxtakor" shartnomasi tugagan Shota Arveladze borasida bir qarorga keldi
Toshkentning Paxtakor klubi bosh murabbiy Shota Arveladze bilan shartnomani 2020 yil so‘ngiga qadar uzaytirdi, deya xabar berdi. PFL bosh direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida.
O‘z-o‘zidan uning yordamchilari ham klub bilan shartnomalarini xuddi shunday o‘zgartirdi. Shuningdek, Qo‘qon-1912 klubidan Javohir Sidiqov 1 yil muddatga ijaraga olindi. Qo‘qonliklar bungacha Murod Xolmuhamedovni "Bunyodkor"ga xuddi shunday ijaraga bergandi.
Yangi futbolchi:
Umarbek Eshmurodov (2021, dekabr) Nasaf
Ijaradagi futbolchi:
Javohir Siddiqov (2020, dekabr) Qo‘qon-1912
Shartnomasini uzaytirgan futbolchilar:
Egor Krimets (2020, dekabr)
Sanjar Quvvatov (2022, dekabr)
Asadbek Sobirjonov (2022, iyul)
Fikrlar