
"Paxtakor" Superliga to‘purarlaridan biriga qiziqmoqda
Superligada-2023 oxirlab qoldi. Yana 2 turdan so‘ng o‘zbek futbolida mavsum yakunlanadi.
Bu orada jamoalar tarkibni kuchaytirish uchun o‘zlari ko‘zlab qo‘ygan futbolchilarga aloqaga chiqishni boshlab yuborgan.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Paxtakor" Superligada to‘purarlik qilayotgan Rubin Xebayga qiziqish bildirmoqda. "Sherlar" transferlar mavsumida muzokaralar olib bormoqchi.
Qolaversa, toshkentliklar tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. "Paxtakor" Cheran bilan birga to‘purarlar poygasida qo‘shhokimlikni yuzaga keltirgan Xebayning xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. Ayni payt ular hisobida 12 tadan gol mavjud.
Fikrlar