"Paxtakor" tarixiy rekord ostonasida turibdi

  • 5 mart, 2021, 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 6 mart kuni "Paxtakor" Samarqandda "Nasaf"ga qarshi O‘zbekiston Superkubogi uchun maydonga tushadi.

Tecno

Hozirga qadar "sherlar" superkubokda uch bor maydonga tushib, ularning barchasida mag‘lubiyatga uchragan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv" va 2016 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan. "Paxtakor" g‘alaba qozongan taqdirda O‘zbekistonda barcha musobaqalarda zafar quchgan birinchi jamoaga aylanadi. Shu sababli toshkentliklar mazkur o‘yinda bor imkoniyatini ishga solishga intiladi. Superkubokdagi uchrashuv bosh murabbiy Piter Xyuistra uchun rasmiy debyut bo‘ladi.

Mazkur bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynulin yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Rahimbek Karimov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Bobur Haydarov bo‘lsa, Jahongir Rahmatullaev komissar etib tayinlangan. Agishev hozirgacha Superkubok o‘yinlarida hakamlik qilmagan.

"Paxtakor" va "Nasaf" o‘rtasidagi bellashuv 6 mart, shanba kuni Samarqanddagi "Dinamo" stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!