
"Paxtakor" va "Nasaf" ketma-ket uchinchi marta sovrin uchun hal qiluvchi o‘yinda to‘qnash kelmoqda
27 fevral kuni "Paxtakor" Yaypanda "Nasaf" bilan O‘zbekiston Superkubogi o‘yinida maydonga tushadi. Toshkentliklar matbuot xizmati uchrashuv oldidan ma’lumotlarni taqdim etdi.
Hozirga qadar "sherlar" superkubokda to‘rt bor maydonga tushib, ulardan oxirgisida g‘alaba qozongan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv", 2016 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan, o‘tgan yili esa "Nasaf" Cheranning goli evaziga mag‘lub etilgan. Superkubokdagi bahs "Paxtakor" jamoasining yangi bosh murabbiyi Slavche Voyneski uchun rasmiy debyutga aylanadi.
Bellashuvni poytaxtliklardan Sherzod A’zamov, raqibdan esa Oybek Bozorov diskvalifiktsiya sababli o‘tkazib yuboradi. Mazkur bahsda "Paxtakor" tarkibida bir necha futbolchilar o‘z debyutlarini o‘tkazishi mumkin. Ta’kidlash lozim, "Paxtakor" va "Nasaf" ketma-ket uchinchi marta sovrin uchun hal qiluvchi o‘yinda to‘qnash kelmoqda.
"Paxtakor" va "Nasaf" o‘rtasidagi bellashuv 27 fevral, yakshanba kuni Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida soat 16:00da boshlanadi.
Fikrlar