"Paxtakor"ni yirik hisobda taslim etgan "Sharja" murabbiyi o‘yindan keyin nimalar dedi?

  • 21 aprel, 2021, 16:59
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida "Sharja" "Paxtakor"ga qarshi bahs olib borib, 4;1 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘yindan so‘ng, BAA klubi bosh murabbiyi Abdulaziz Al Anbari quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Avvalo, futbolchilarimga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytmoqchiman. O‘yin davomida ular to‘liq kuch bilan harakat qildi. 

Ayni paytda tarkibimizda harakat qilayotgan futbolchilarga rahmat aytishdan charchamayman. Ular asosiy futbolchilarimizning yo‘qligini bildirmaslikka qo‘ldan kelgancha harakat qilmoqdalar. Elkalarida katta bosim turibdi. Bugungi sinovimiz ham oson emasdi. Bugun jamoa sifatida yaxshi harakat qildik. Igor Koronado va Al Hasan Salehning qaytishi bilan yanada yaxshiroq o‘yin o‘tkazishimiz mumkin bo‘ladi. 

Birinchi bo‘lim ancha qiyin o‘tdi. Sababi, to‘p nazoratini saqlay olmadik. Ikkinchi golni urib olgach esa, ancha xotirjam harakat qilib, o‘z futbolimizni namoyish etdik. O‘ylaymanki, oldinla kutib turgan o‘yinlarda ham mana shu taxtit harakat qilishda davom etamiz. 

Maqsadimiz keyingi bosqichga yo‘l olish va u erda ham BAA futboli nufuzini himoya qilish", - deydi Al Anbari. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
21/04/2021 17:50
Вар системаси хам сохтакорга ёрдам бера олмайди айтган эдимку четдаги уйинларда ковун тушириб юраверади сохтакор
Karimov Sardor
21/04/2021 17:52
Shaaarmaaandaa
&
Турсун Ғани
21/04/2021 22:11
Анзур Исмоилов, Егор кремис ва Фаррух Сайфиевлар умуман чарчашибди, уларни заҳирада ҳам сақламаслик керак. Кўтига тош боғлаб олгандай югурмайди. Карах тренерни ким қойган ўзи. Булар шундай тарихга эга жамоани шарманда қилди кўтига тиқди.
&
Турсун Ғани
21/04/2021 22:05
Ман умуман тушунмайман, Захирада яхши дарвозабон бўла туруб Элдор суюнов бор шу аваллари ҳам ҳаведан голлар еб пахтакорни шарманда қилган калта дарвозабон Қуватовга ишонч билдиради, АгМК да ҳам шундай яҳши дарвозабон Ботирали Эргашев Захирада, тешиги катта дарвозабон асосийда ўйнатади.