"Paxtakor"ning eng tajribali futbolchisiga "Navbahor" va "Qizilqum" qiziqmoqda

  • 16 dekabr, 2021, 14:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda 6 dekabr kuni qishki transferlar oynasi ochildi. Futbolchilarning ko‘chib o‘tishlari ham boshlandi. Shu bois yangi mavsumga qadar transfer yangiliklari bilan sizlarni tanishtirib boramiz.

Tecno

"Paxtakor" klubining eng tajribali futbolchisi Anzur Ismoilov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, himoyachiga "Navbahor" va "Qizilqum" qiziqish bildirmoqda. Aynan shu ikki klub Ismoliov uchun kurashadi.

Anzur Ismoilov 2020 yildan beri "sherlar" safini himoya qilib kelmoqda. Himoyachi “Traktor”, “Paxtakor”, “Dinamo”, “Bunyodkor”, “Chanchun Yatay” va “Lokomotiv” klublarida faoliyat yuritgan.

photo_2021-10-03_09-24-56

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!