"Paxtakor"ning MDH Kubogidagi tarixiy g‘alabasiga 16 yil to‘ldi

  • 28 yanvar, 2023, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan roppa-rosa 16 yil muqaddam, 2007 yilning 28 yanvar kuni "Paxtakor" MDH Kubogi finalida Latviyaning "Ventspils" klubini mag‘lubiyatga uchratgan holda, musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Guruhda "Ventspils" (0:2), "Banants" (3:0) va "Shaxtyor" (4:0) bilan o‘ynagan "sherlar" chorak finalda Serbiyaning OFK klubini penaltilar seriyasida dog‘da qoldirgan. Yarim finalda esa Moldovaning "Sherif" jamoasi mag‘lub etilgan. "Olimpiyskiy" majmuasida kechgan finalda "Paxtakor" yana Latviyaning "Ventspils" klubi bilan to‘qnash kelgan. O‘yinda hisob ochilmagan. Qo‘shimcha bo‘limlarda Ignatiy Nesterov o‘rniga Temur Jo‘raev 108-daqiqada maydonga tushiriladi. Penaltilar seriyasida Zangareev va Vanensning zarbalaridan so‘ng Jo‘raev to‘pni qaytaradi. Agar Zangareevning zarbasi bartaraf etilmaganda g‘oliblik Latviya klubiga nasib etardi. Hal qiluvchi zarbani qaytarishdan avval Jo‘raevning o‘zi seriyada zarbani aniq amalga oshiradi. Shu tariqa, penaltilar seriyasida 9:8 hisobida zafar quchgan "Paxtakor" ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan yagona o‘zbek jamoasiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!