
"Paxtakor"ning OChL o‘yinlari qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichini qabul qiluvchi davlatlar ro‘yxatini ma’lum qildi.
"B" guruhidan o‘rin olgan mamlakatimiz chempioni "Paxtakor" Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida ushbu bosqich bellashuvlarini o‘tkazadi.
Kichik turnir aprel oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. "Sherlar"ga ushbu guruhda "Sharja" (BAA), "Traktor" (Eron) va pley-off o‘yinining g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar