"Paxtakor"ning OChLdagi raqibi Saudiya Arabistoni chempioni bo‘ldi (video)
Kecha Saudiya Arabiston Pro ligasida so‘nggi, 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan "Al Hilol" jamoasi o‘z maydonida "Al Shabab"ni qabul qildi va 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
20-daqiqada Bafetimbi Gomis hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim avvalida Kristian Guanka muvozanatni tikladi. 69-daqiqada esa Gomis yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Uchrashuvdan so‘ng Ar-riyodliklarga chempionlik kubogi topshirildi.
Shu tariqa, "Al Hilol" OChL guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor"ga qarshi bahsga ko‘tarinki kayfiyatda yo‘l oladigan bo‘ldi.



Fikrlar