"Paxtakor"ning "Olimpik" bilan o‘yinlardagi ko‘rsatkichi qanday?

11 may  kuni “Paxtakor” klubi  Superliganing 7-turida Toshkentning yana bir jamoasi "Olimpik"ga qarshi bahs olib boradi.

Chempionatlar tarixida hozircha jamoalar to‘rt bor to‘qnash kelgan. Bir o‘yinda “Paxtakor”, yana birida “Olimpik” zafar quchgan, ikki uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. "Paxtakor" 6 gol urib, 5 to‘p o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, Kubokdagi bir to‘qnashuv “Sherlar”ning foydasiga hal bo‘lgan.

"Olimpik" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 11 may, shanba kuni soat 19:00 da "Jar" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!