Peddi Pimblett Iliya Topuriyaga nisbatan juda keskin fikrlar bildirdi

  • 05.01.2026 14:14
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi Peddi Pimblett engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya haqida gapirdi.

"Iliya kamida bir yil oktagonga qaytmaydi, deyishyapti. Biroq bu muddat ba'zi muammolar sabab ikki yilga cho‘zilishi ham mumkin. Agar u shuncha vaqtda o‘yindan chiqsa, men Topuriyaning shunchaki sportdan ketishini va divizion rivojiga to‘sqinlik qilmasligini istardim", - dedi Pimblett Tom Aspinall bilan podkast paytida.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya so‘nggi jangini 2025 yilning iyun oyi oxirida Charlz Oliveyraga qarshi o‘tkazib, braziliyalikni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!