Pedro Abreu "Fiorentina"ga o‘tdi. Unga MYu va "Real" qiziqayotgan edi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Fluminense" yarim himoyachisi Pedro Abreu faoliyatini "Fiorentina" klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Transferning aniq tafsilotlari ma’lum qilinmayapti.

Avvalroq, florentsiyaliklar transfer uchun 14-15 mln evro to‘lashlari ma’lum qilingan edi. Shu bilan birga, agar futbolchini "Fiorentina" sotadigan bo‘lsa, 25% ulushni Braziliya klubiga o‘tkazib beradi.

22 yoshli futbolchining xizmatlariga MYu, "Real" va TsSKA klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.

Braziliyaning amaldagi mavsumida, Abreu 10 ta bahs o‘tkazib, 5 ta gol urishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!