
"Pekin-2022" numizmatistlar uchun sovg‘a tayyorlamoqda
Xitoyda "Pekin-2022" qishki Olimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan oltin va kumush esdaliklarning birinchi partiyasi chiqarildi. Jamlanma to‘qqiz nusxadan iborat bo‘lib, ularning har biri to‘lov vositasi bo‘lib, ushbu davlatning istalgan banki tomonidan qabul qilinadi.
Tanganing bir tomonida 2022 yilgi O‘yinlarning rasmiy emblemasi tushirilgan bo‘lib, unda qor parchalari va Buyuk Xitoy devori tasvirlangan. Orqa tomonda sport turlari piktogrammasi, musobaqaning tumori va xitoy tilida «24-qishki Olimpiya o‘yinlari» yozuvi mavjud.
Esdalik nishonining diametri 60 millimetrga teng. Uning tarkibida 150 gramm sof oltin bor va uning nominal narxi 2000 yuan yoki 304 dollarni tashkil etadi.
Shuningdek, kollektsiyaga 5 gramm og‘irlikdagi tangalar kiritilgan. Ular 40 ming nusxada cheklangan adadda chiqariladi. «Kumush»ga kelsak, Xitoy Xalq banki 20 ming dona 150 grammlik jetonlar va 15 gramm og‘irlikdagi 80 ming shunga o‘xshash mahsulotlarni chiqargan. Bimetall – oltin va kumush qotishmalari aralashmasidan yana 10 mingga yaqin qimmatbaho esdalik sovg‘alari tayyorlanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida "Pekin-2022" tashkiliy qo‘mitasi Xitoy Xalq banki bilan yaqin kelajakda erkin muomalaga chiqadigan ikkita oddiy esdalik tangalari va banknotalarni chiqarish to‘g‘risida kelishuvga erishgan edi.
Fikrlar