Pep Gvardiola birinchi bo‘limda dubl qilgan Xolandga nega “tashlandi”? Vaziyatga oydinlik kiritamiz!

  • 12 avgust, 2023, 16:40
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi ta’til yakunlanganiga qaramay, deyarli ko‘p narsa “Manchester Siti” uchun o‘zgarmagani ko‘zga tashlandi. “Shaharliklar” forvardi – Erling Xoland yo‘lidan chiqqani “savalashda” davom etmoqda. Bu safar uning qurboni Kompani boshqaruvidagi “Byornli” jamoasi bo‘ldi. 4 va 34 daqiqalarda gol kiritgan yigit avvaliga reaktsiyasini ko‘rsatmaslikka urindi.

Tecno

"O‘zini tiyib turubdi"

1 SUR

"Zo‘rg‘a tiyib turubdi"

2 SURAT

"Yo‘q, APLda gol urishni bunday nishonlab bo‘lmaydi"

3 SUR


APLdagi o‘zini 100 golini kiritgan hujumchi tanaffusga xotirjam chiqib ketayotgan bir paytda, qaerdandir Pep Gvardiola etib keldi. Ispaniyalik mutaxassis norvegiyalikni keskin tanqid qilishdan o‘zini tiya olmadi. Xatto, kamerani surib tashlashgacha bordi.

4 SUR

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bahsli vaziyatga sabab bo‘lgan epizod Bernardo Silvaga bo‘lgan e’tiroz bo‘lib chiqdi. Erling himoyachini ortidan katta tezlik olayotganini ko‘rsada, Bernardo negadir uzatmani amalga oshirmagan. Vaholanki, personal qo‘riqchisiz bo‘sh zonaga ochilayotgan hujumchi golli vaziyat yaratishi mumkin edi. Silva, tavakkal qilishdan ko‘ra, to‘pni saqlab qolishni afzal ko‘rdi.

BERNARDU1

BERNARDU 2

Aynan shu xolat Xolandni jaxlini chiqarib yubordi. Hujumchi e’tirozni ochiqchasiga maydonda portugaliyalik hamkasbiga bildirishdan o‘zini tiyib turgani yo‘q. Voqeani tashqaridan ko‘rib turgan Pep darrov ishga tushdi va Erlingni hovuridan tushirib qo‘ydi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida vaziyatga oydinlik kiritishga uringan murabbiy quyidagicha izohladi:

LO‘43PLO‘34P

“U himoyachining ortidan to‘p kelishini istagan edi. Shunga qaramay, barcha pas ham bu xolatda berilavermaydi. Ba’zida kerakli “moment”ni sabr bilan kutish talab etiladi. Hech kim bundan xafa bo‘lgani yo‘q. Ortiqcha fantaziyalarga berilmang!”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ishoq Ruziev
13/08/2023 00:47
Matematikaga tushmasa 10 ta gol ursaham pepni kongli tolmaydi