Peres endi yosh va istiqbolli murabbiylarga ishonmaydi!
Florentino Peres "Real Madrid" bosh murabbiyi lavozimiga navbatdagi istiqbolli mutaxassisni taklif qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqida "Carrusel Deportivo" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" qishda jamoani qabul qilib olgan Alvaro Arbeloa o‘rniga tajribali va sovrindor murabbiyni tayinlashni maqsad qilgan. Eslatib o‘tamiz, mavsumning birinchi qismida jamoani Xabi Alonso boshqargan edi.
31 turdan so‘ng "Real" Ispaniya La Ligasi jadvalida 70 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa yetakchi "Barselona"dan to‘qqiz ochkoga ortda qolmoqda.
Avvalroq madriddliklar "Bavariya"ga ikki bor mag‘lub bo‘lib, Chempionlar ligasidan chiqib ketgan edi.
Fikrlar