
Peres Zidan bilan navbatdan tashqari uchrashuv o‘tkazdi
"Real" Madrid prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan uchrashdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra uchrashuv davomida Peres so‘nggi o‘yinlarda qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalarga qaramasdan frantsiyalik mutaxassisni qo‘llab-quvvatlagan va “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda unga omad tilagan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Barselona” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar