
Perishich Londonga etib keldi. U qaysi klub bilan shartnoma imzolaydi?
"Inter" futbolchisi Ivan Perishich London shahriga etib keldi. U bugun yangi jamoasi uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
Perishichning yangi klubi "Tottenxem" jamoasi bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi "shporlar" bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekadi.
Ma’lumot o‘rnida, Ivan "Inter"da ekanligida hozirda "Tottenxem" bosh murabbiyi bo‘lib turgan Antonio Konte bilan birga ishlagan. U italiyalik mutaxassis bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Perishich joriy mavsum A Seriyaning 35 o‘yinida 8 gol va 7 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar