
Perishich Manjukichga etib oldi
Yarim himoyachi Ivan Perishich Xorvatiya terma jamoasi safida gol urish bo‘yicha Davor Shukerdan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.
"Tottenxem" sharafini himoya qilayotgan futbolchi JCh-2022ning 1/8 finalida himoyachi Deyan Lovrenning uzatmasini Yaponiya darvozasiga (1:1, ikkinchi bo‘lim) boshi bilan joylab qo‘ydi va uchrashuvda muvozanatni tikladi.
Endilikda Perishichning terma jamoa safida kiritgan gollari soni 33 ta etdi. U bu borada Mario Manjukichga etib oldi. Shuker hisobida esa 45ta gol mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya – Xorvatiya (1:1) uchrashuvi g‘olib chorak finalda Braziliya va Janubiya Koreya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar