
PFL: "Paxtakor" klubi jarimaga tortildi
Ayollar Oliy ligasi 2-turi doirasida o‘tkazilgan “Paxtakor-W” — “Metallurg-W” uchrashuvi videokameraga suratga tushirilmagan. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, mezbon klub “Paxtakor-W” bu bilan “2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 16.14-bandida ko‘rsatilgan talabni buzgani uchun jarimaga tortildi.
Fikrlar