PFL rahbari futbolchilarni ogohlikka chorladi

  • 7 iyul, 2021, 14:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi 5 iyul kuni ochildi va u 31 iyulga qadar davom etadi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev davralar oralig‘ida boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirayotgan futbolchilarni ogohlikka chorladi.

Tecno

"Professional futbol klublari bilan yil yakuniga qadar yoki bir necha yillik shartnomasi bor bo‘lgan futbolchilar shu klub bilan shartnomalarini yozgi transfer oynasida bekor qilish masalasini puxta o‘ylab ko‘rishlarini so‘raymiz. Zero, bir qator klublar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Shundan kelib chiqib, mavsum o‘rtasida klubini almashtirayotgan futbolchi yangi klubi safida musobaqalarda o‘ynash uchun litsenziya ololmasligi mumkin.

Ayni holatda esa futbolchilarda o‘zlari ro‘yxatdan o‘tgan klub safida yil yakuniga qadar oylik-maosh olish imkoniyati mavjud. Asosiy tarkibga tusha olmaslik uchun yagona echim klubni tark etish emas, asosiy tarkib uchun kurashishni ham o‘rganish kerak", - dedi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!