PFL yana bir klubga texnik mag‘lubiyat yozdi

  • 11 iyun, 2019, 13:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jamoalar hozirga kelib qadar 9 tadan uchrashuvlar o‘tkazib ulgurishgan bo‘lsa-da, PFL oldidagi majburiyatlarini hamon to‘la bajarmay kelayotgan klublar ham yo‘q emas.

Tecno

Jumladan, “Ittifoq Navoiy” klubi haligacha badal pulini to‘lab ulgurgani yo‘q.

Professional futbol ligasi Sport musobaqalarini o‘tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi yuqoridagi klublarga mazkur masalani yaqin vaqt ichida hal etish uchun ogohlantirish xati yuborgan edi. Biroq klub tomonidan zarur harakat amalga oshirilmadi. 

Shu sababdan bugungi B Pro-liga 10-turi doirasidagi “Ittifoq Navoiy” – “Orol” o‘yinda Navoiy klubiga texnik mag‘lubiyat yoziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!