
PFL yillik hisobotini OAV qarshisida bermoqchi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘zining yillik hisobotini ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida muloqot tarzida o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
"O‘zbekiston Professional futbol ligasi yillik hisobotga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan. Nasib bo‘lsa OAV qarshisida muloqot qilamiz", - deya post qoldirdi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar