Pike va Shakira muhim masalada murosaga kela olmayapti

  • 2 iyul, 2022, 13:02
  • 0
  • Futbol

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike va qo‘shiqchi Shakira farzandlarining qaerda yashashi borasida kelisha olmayapti. Ma’lumki, er-xotinning 9 va 6 yoshli ikki farzandi bor

Lavan Guardia xabariga ko‘ra, futbolchi va xonanda allaqachon advokatlik firmalariga murojaat qilgan va bu borada muzokaralar olib bormoqda.

Ma’lumki, Shakira bolalarni o‘zi bilan Mayamiga olib ketishni va u erda yashashni taklif qilgan. Pike bolalarning tug‘ilganidanoq tanish bo‘lgan muhit bilan xayrlashishiga qarshi.

Eslatib o‘tamiz, Pike va Shakira 2011 yildan beri munosabatlarda bo‘lib, ular rasman nikohdan o‘tmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!