Pikedan qolgan pul katta transferga ishlaydi

  • 6 noyabr, 2022, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silvani olish uchun navbatdagi urinishini amalga oshirmoqchi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar safida eng katta maoshlardan birini olayotgan Jerar Pike faoliyatini yakunlashini e’lon qilgani bunga imkoniyat yaratmoqda. Chunki tajribali himoyachi shartnomasini erta tugatayotganiga qaramay, unda qolgan davr uchun maoshni olmaslikka qaror qildi.

Klub mutasaddilari 35 yoshli himoyachidan qolgan mablag‘ni Bernardu Silva uchun sarflashni mo‘ljallamoqda.

Bu transferga Xosep Gvardiola xalaqit berishi mumkinligi ham aytilmoqda. Chunki ispan mutaxassisi uchun Bernardu asosiy figuralardan hisoblanadi.

“Shaharliklar” bilan 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi 80 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!