
Pikening “Barsa”dan ketishida Shakiraning qo‘li bormi?
“Barselona”ning eng tajribali o‘yinchilaridan biri Jerar Pike faoliyatini to‘xtatishni qaror qilgani kutilmagan voqea sifatida qabul qilindi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Pikening bunday qilishiga keyingi paytda futbol ichida o‘zi duch kelagan muammolar va bir necha oydan beri matbuot tanqid qilayotgani sabab bo‘ldi.
Xabaringiz bor, Pikeni xiyonatda ayblagan Shakira uni tashlab ketganidan keyin himoyachining ishlari yurishmay qoldi. Qolaversa, matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda unga bosim kuchayib ketdi.
Shuningdek, Pike klub prezidenti Joan Laportadan qattiq xafa bo‘lganini bildirgan, biroq bu haqda ommaga bor gapni aytmaslikni ma’qul ko‘rgan.
Fikrlar