Pikening mardligi “Barsa”ga ikki yulduzni o‘ynatish imkonini berdi

  • 14 avgust, 2021, 18:45
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining yangi mavsumi oldidan “Barselona” klubga erkin agent sifatida kelgan Memfis Depay va Erik Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, yangi futbolchilardan Rey Manay ham qaydnomadan o‘tkaziladi.

Bunga Jerar Pike sababchi bo‘ldi. Tajribali himoyachi maoshining sezilarli qismidan voz kechdi va bu “Barselona”ga yangi o‘yinchilarning bir qismini rasmiylashtirish imkonini berdi.

Ayni paytda kataloniyaliklar Serxi Roberto, Serxi Buskets va Jordi Albadan ham maoshini pasayishga rozilik olgani aytilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!