Pioli "Torino" bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 18 fevral, 2020, 12:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Italiya A Seriyasi 24-turi doirasida "Torino" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Biroz tavakkalga bordik, biroq o‘yinni yaxshi o‘tkazdik. Oldinda bizni yana 14 ta o‘yin kutib turibdi, endi "Fiorentina"ga qarshi o‘yin haqida o‘ylashni boshlashimiz kerak.

Kerakli vaqtda to‘g‘ri qaror qilganim uchun o‘ylagan natijani qayd eta oldik. Chunki bizning ishlarimiz doimo tahlil qilinadi. Bugungi g‘alabamiz, keyingi o‘yindagi mag‘lubiyat sabab o‘z ahamiyatini yuqotishi mumkin.

Keling, mavsum so‘nggida nimani qoyillatganimizni ko‘rib chiqamiz.

Zlatan o‘yindan qoniqmadi, chunki o‘yin taqdirini vaqtliroq xal qilish imkoniyatimiz bor edi", - deydi Pioli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!